Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ma'lum qildi
Ayni vaqtda Samarqand viloyatida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, hali o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar ham mavjud. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Bugungi kunda Samarqanddagi eng dolzarb masalalardan biri – 170 mingdan ziyod aholi doimiy ish o‘rniga muhtoj, 65 mingga yaqin oila doimiy daromad manbaiga ega emas. Shu bilan birga, kelgusi besh yilda 200 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishini ham, hisobga olishimiz zarur.
Ikkinchi muhim masala – Samarqand mamlakatimizdagi aholisi eng ko‘p hudud bo‘lib, kelgusi besh yilda 4,5 millionga yetadi. Ularga qulay yashash sharoitlarini ta'minlash lozim. Lekin, hozirda viloyatning 1,6 million nafar aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan, 6 ming kilometr ichki yo‘llar ta'mirtalab holatda. Elektr tarmoqlari eskirgani bois, viloyatda elektr ta'minoti aholi uchun ham, tadbirkorlar uchun ham eng jiddiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Uchinchi masala – mavjud imkoniyatlarga qaramasdan, tuman va shaharlarda sanoat bir maromda o‘sayotgani yo‘q. Ayniqsa, xomashyoga boy Qo‘shrabot, Nurobod va Oqdaryo tumanlarida sanoat rivojlanishi ancha orqada.
To‘rtinchi masala – viloyatda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand, Urgutning meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarining chorvachilikdagi imkoniyatlari to‘liq ishga solinmayapti.
Beshinchi masala – viloyatning ayrim hududlarida sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. Sog‘liqni saqlash obektlari quvvatini oshirish va ularni zamonaviy jihozlash talab etiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
07:35
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024