“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
“Tannarxni tushiradigan narsa – soliqdan yoki to‘lovlardan qochish emas. Tannarxni tushiradigan narsa – kengayish, hajmni oshirish”, dedi O‘zbekiston prezidentining biznes doiralari bilan uchrashuvida so‘z olgan tadbirkor Zafar Hoshimov. Davlat rahbari ham har bir sohada tannarxni pasaytirish muhimligini ta’kidladi.

Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi, 2024 yil avgust / Foto: Zafar Hoshimov
Kecha, 20 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda tadbirkor Zafar Hoshimov mahsulotlarning tannarxini arzonlashtirish uchun nima qilish kerakligi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Tannarxni tushiradigan narsa soliqdan yoki to‘lovlardan qochish emas. Tannarxni tushiradigan narsa kengayish, hajmni oshirish. Soliqdan qochadiganlar “ob’yom”ini ko‘paytira olmaydi, chunki parallel hisob qilish kerak, uni aldash kerak, buni berkitish kerak. O‘zi o‘zini girdobga olib kiradi.
Biz raqobatdan qo‘rqmayapmiz. Mana, Toshkentga Fransiyaning Carrefour tarmog‘i, Qozog‘istonning eng katta Magnum tarmog‘i kirdi, sindirib qo‘ymadi. Chunki biz kengayganimiz hisobiga unumdorligimiz ustida ishlay olamiz”, dedi Zafar Hoshimov.
Davlat rahbari ham har bir sohada tannarxni tushirish muhimligini, O‘zbekiston sharoitida barcha tadbirkorlarda bu bo‘yicha juda katta imkoniyat borligini ta’kidlab o‘tdi.
“Agar tannarx bilan yilma yil o‘zingiz hisob-kitob qilsangiz, raqobatga bardosh bera olasizlar. Biz chegarani yopib qo‘ysak, hech qachon o‘zgarish bo‘lmaydi, valuta ham kelmaydi, barqarorlik ham bo‘lmaydi. Men o‘ylayman, Zafar, to‘g‘ri masalani ko‘tardingiz. Halol ishlamagan tadbirkorlar bizning ham, sizlarning ham oyoqlaringizga kishan bo‘ladi. Mahsulotlaringiz raqobatbardosh bo‘lmaydi, konvert ko‘tarib yurilaverilsa. Qachongacha bo‘ladi bu? Biz raqobatga tayyor, ochiq siyosat yurityapmiz”, – dedi prezident.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
Jahon | 11:46
-
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 11:27
-
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi
Jahon | 11:15
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
Mavzuga oid

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

11:04 / 17.01.2025
200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi

09:55 / 15.01.2025