13:17 / 10.10.2018
5622

Adliya vazirligi aholiga bepul huquqiy maslahatlar beradi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobini o‘tkazadi.

Fleshmob joriy yilning 11–12 oktabr kunlari soat 10.00 dan 16.00 ga qadar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. Bunda viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot nuqtalarida qator targ‘ibot tadbirlari rejalashtirilgan.

Shu kunlari aholiga notariuslar va advokatlar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi. Shuningdek, fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga rag‘batlantirish uchun turli tanlovlar, viktorinalar, shu jumladan testlar tashkil etiladi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy qo‘llanma taqdim etiladi.

Tadbir Toshkent shahrida M.Ulug‘bek tumanidagi “Eko bozor” savdo majmuasida, “G‘.G‘ulom” istirohat bog‘ida, “Anhor Lokomotiv” parkida, Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo majmuasida, “Oloy” bozorida, “Mega planet” savdo majmuasining old maydonida o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tadbir o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Top