Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Djurayev, Babayev, Imamxadjayev: hujjatlarda ism-familiyalarni tuzatish soddalashtiriladimi? Adliya vazirligi javob berdi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatida rus tilida yozilgan ism-familiyasini o‘zbek imlo qoidalariga mos ravishda tuzatmoqchi bo‘lganlar anchagina ovoragarchilikka duch keladi. Bu jarayonni soddalashtirish bo‘yicha biror chora-tadbir belgilanganmi? Adliya vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida ushbu savolga javob berildi.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nusratullo Parpixo‘jayevga ko‘ra, shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi xatolikni tuzatish uchun agar u qaysidir harfni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladigan bo‘lsa, muammo bo‘lmaydi.
“Ismda faqat harflarni o‘zgartirishga zarurat tug‘ilsa, misol uchun “k” harfini “q” ga, “o” harfini “a” ga o‘zgartirish kerak bo‘lsa, masalani hal etishda muammo bo‘lmaydi. Fuqarolar bu borada FHDYoga murojaat qilishsa, mas’ullar hujjatlarni ichki ishlar organlariga yuboradi. Ariza ko‘rib chiqilib, tasdiqlanganidan so‘ng shaxsning ma’lumotlari o‘zgartiriladi. Ismning ma’nosi o‘zgaradigan darajada ko‘p harflar almashadigan bo‘lsa, unda shaxsning ota-onasi, (agar bo‘lsa) farzandlari ism-familiyasini ham to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. Aytish joiz, amaliyotda ism o‘zgartirishda qiyin jarayon yo‘q. Bu eksterritorial xizmat hisoblanadi” deya ta’kidladi Nusratullo Parpixo‘jayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, fuqarolar ism-familiyasini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalani istalgan FHDYo bo‘limiga murojaat qilib hal etishlari mumkin.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026