Jahon | 15:33 / 05.04.2022
31321
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya Ukrainadagi urushning yangi bosqichiga tayyorlanayotganini bildirdi 

Jyeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqi va janubiga o‘n minglab harbiylarni tashlashni rejalashtirmoqda. 

Foto: TASS

Rossiya Ukrainadagi urush maqsadlarini o‘zgartirdi va bir necha oy davom etadigan yangi bosqichga tayyorlanmoqda, dedi AQSh prezidentining maslahatchisi Jyeyk Sallivan. 

"Rossiya hujum operatsiyalarini Ukraina sharqi va janubidagi ayrim rayonlarga qaratish uchun o‘z kuchlarini qayta joylashtirmoqda", - dedi u. 

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina sharqi va janubiga o‘n minglab harbiylarni tashlashni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, Rossiya avvalgi harbiy muvaffaqiyatsizliklarini xaspo‘shlash uchun Donbassda kengroq hududlarni bosib olishni maqsad qilgan.  

"Rossiya butun Ukrainani o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi esa mamlakatning bir qismini bo‘ysundirishga urinmoqda. Mazkur bosqich bir necha oy davom etishi mumkin", dedi u.

Mavzuga oid