Jizzaxda “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Jizzaxlik yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda mamlakatning taniqli shaxslari viloyat ahlini konstitutsiya islohotlarida faol bo‘lishga chaqirdi.
Jizzax viloyatida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, aktyor Alisher Uzoqov, xonanda Elyorbek Meliboyev va faol yoshlar ishtirok etdi.
Konsert dasturi formatida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida san’atkorlar, mamlakatning taniqli shaxslari so‘z olib, viloyat ahlini 30 aprelga belgilangan referendumda faol bo‘lishga, ishtirok etishga chaqirdi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi reja qilingan.
Mavzuga oid
13:59 / 24.01.2025
Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida 738 mln so‘mlik zarar yetkazildi
22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
09:58 / 07.01.2025
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
07:24 / 17.12.2024