Murojaat Jizzax viloyati Ekologiya boşqarmasi tomonidan örganilgan. Örganiş davomida Döstlik tumani, “Mevazor” MFY hududidan ötuvçi Sarkisov kanali yoqasida 13 tup tut daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Hukumat qaroriga asosan ayrim tut daraxti turlari, xususan, kesilgan tutlar qimmatbaho daraxt turiga kiritilgan.
Huquqbuzarlik natijasida ösimlik dunyosiga 369 mln 375 ming söm zarar yetkazilgani ma’lum böldi. Hukumat qarori bilan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uçun undiriş summalari ikki baravarga oşirilgan holda qöllanilişi belgilangan.
Şunga köra, yetkazilgan zarar miqdori 738 mln 750 ming söm miqdorida belgilandi.
Holat yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida Döstlik tuman prokuraturasiga yuborildi.













