Shavkat Mirziyoyev shu hafta Tojikistonga boradi
Yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti - Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun an'anaviy brifingda ma'lum qildi.
“16-17 sentabr kunlari prezidentimiz Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. O‘tgan yil ShHT sammiti pandemiya sababli onlayn formatda o‘tkazilgan edi, bu safar davlat rahbarlari bevosita uchrashadilar.
E'tiborlisi, ShHTning ushbu sammiti tashkilot tuzilganining 20 yilligi nishonlanayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Sammitning birinchi kuni, 16 sentyabrda davlatimiz rahbari tashkilotga raislik qilayotgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan, 17 sentabr kuni esa Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadilar.
17 sentabr kuni esa davlat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish yakunida ShHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi. Ko‘plab xorijiy ekspertlarning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan keyingi besh yilda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hisobga olinsa, O‘zbekistonning ShHTga raisligi xavfsizlik va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mamlakatimiz raisligi juda samarali bo‘ladi, tashkilot faoliyatini yanada jonlantiradi, deb qat'iy ishonch bildirilmoqda.
O‘sha kuni yangi formatdagi “Shanxay hamkorlik tashkiloti — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, – dedi Sherzod Asadov o‘z nutqida.
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
21:19 / 21.12.2024