08:24 / 02.04.2017
6562

Latviyadan boksning nufuzli versiyasi bo‘yicha ilk jahon chempioni chiqdi

Bokschi Mayris Briyedis professional bokschilar o‘rtasida nufuzli versiyada jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan ilk latviyalik bokschi bo‘ldi. U Germaniyaning Dortmund shahrida o‘tgan uchrashuvda nemis bokschisi Marko Xukni mag‘lub etib, 90,71 kg gacha vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 

Barcha hakamlar g‘alabani bir ovozdan Briyedisga topshirishdi. Yakuniy hisob quyidagicha ko‘rinish oldi: 116:111, 117:110, 118:109.

Briyedisning g‘alabasini boks olamidagi muhim voqea deb aytish mumkin. 

Endi 32 yoshli Briyedisning hisobida 22 ta jangdan 22 ta g‘alaba bor.

Uning tengquri Xuk 45 ta jangidan 40 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida mag‘lub bo‘lgan va bittasini durang bilan yakunlagan.

Top