Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini ishga olishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviyaning Kreiss transport-logistika kompaniyasi rahbari Dmitriy Chebayevskiy bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tomonlar transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, kadrlar tanlash, haydovchilarni tayyorlash va mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini Kreiss kompaniyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etishga qiziqish bildirildi. Latviya tomoni, shuningdek, Toshkent avtomaktablaridan biri negizida Yevropa ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasini berish imkoniyatiga ega og‘ir vaznli avtotransport vositalari haydovchilarini o‘qitish va tayyorlash markazini ochish loyihasini amalga oshirish rejalari haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralar natijasida 10-14 iyun kunlari Kreiss kompaniyasi delegatsiyasining tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:00 / 05.04.2026