O‘zbekiston | 08:39 / 13.04.2021
1195
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro davlat universiteti Finlandiya bilan hamkorlik qiladi

Buxoro viloyat hokimligida finlandiyalik jahonga mashhur tadbirkor Piter Vesterbaka bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ta'lim sohasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Turli startaplar tashkilotchisi bo‘lgan Piter Vesterbaka «Rovio» kompaniyasida marketing direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, u «inEst Bay Area», «MobileMonday», «EduNation» kabi kompaniyalar asoschisi hisoblanadi. 

Muzokarada Buxoro davlat universiteti hamda «EduNation» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Unga ko‘ra, Buxoro davlat universitetida axborot texnologiyalari, turizm, biotexnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Finlandiya universitetlari hamda kompaniyalarida malaka oshirish va stajirovkalar o‘tashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid