O‘zbekiston | 10:22 / 22.12.2021
6239
2 daqiqa o‘qiladi

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, mazkur mablag‘lardan 2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi: kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha; muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil; foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 foiz).

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi. Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filiallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

Mavzuga oid