11:57 / 23.04.2018
8553

Toshkent shahrida piyodalar uchun 22ta yerusti ko‘prigi quriladi

Yaqin kelajakda Toshkent shahrida yo‘l harakati ishtirokchilaridan biri bo‘lmish piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida 22ta yerusti piyoda o‘tish ko‘priklari barpo etiladi. Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i Barat Mamenov Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil media markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi. 

Barat Mamenov
Foto: Kun.uz

“Piyodalar o‘tish qismlari borasida ham jiddiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 52ta “piyoda o‘tish joyi” yo‘l belgisi o‘rnatildi, 78tasi almashtirildi. Bu borada kelgusida ham ishlar davom ettiriladi. Xususan, Toshkent shahar hokimligiga, shahar bo‘ylab 22ta yangi yerusti piyodalar o‘tish ko‘priklarini qurish bo‘yicha taklif berilgan”, - dedi Barat Mamenov.

 

Top