O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
Bu haqda prezidentning yangi qarorida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda prezidentning «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
«Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin», deyiladi qarorning 21-bandida.
Qayd qilish joizki, O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ikkinchi marta urinilmoqda.
2019 yil 4 dekabrda imzolangan prezident farmonida 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgandi.
Biroq, 2022 yil 6 apreldagi farmon bilan O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.
Mavzuga oid
19:48 / 10.09.2024
Xitoyda 43 futbolchi kelishilgan o‘yinlar uchun umrbod diskvalifikatsiya qilindi
20:41 / 21.06.2024
Italiyada «Oltin to‘p» sovrindori Roberto Badjo uyiga qaroqchilar bostirib kirdi
19:12 / 21.06.2024
Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati tuzildi
22:29 / 24.05.2024