13:04 / 06.09.2022
11415

Komil Allamjonov maktab darsliklari bo‘yicha muammolar haqida murojaat yuborishni so‘radi

Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov ota-onalar, o‘qituvchilar va ta’lim sifatiga befarq bo‘lmaganlarga murojaat yo‘lladi.

Komil Allamjonov

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda prezident administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi. 

“Agarda sizda shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflar bo‘lsa, iltimos, mening k.allamjonov@adm.gov.uz elektron manzilimga yuborishingizni so‘raymiz”, deydi Komil Allamjonov. 

Ma’lum qilinishicha, taqdim etilgan ma’lumot va taklif holatga aniq diagnoz qo‘yish va uning davosini belgilashda katta yordam bo‘ladi.

Top