9-10 iyun kunlari Xitoyda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga safar qiladi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tashrifdan maqsad joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oylar davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bo‘lib ulgurdi - Farg‘ona oxirgi bekat.