15:10 / 20.05.2019
13161

Sud tizimi xodimlariga mansab darajalari berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yil 10 mayda "Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun asosida mamlakatda amalda bo‘lgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan "Sud, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida"gi Nizomning tegishli moddalariga ham o‘zgartirishlar kiritildi, deyiladi Oliy sud saytida.

Birinchidan, yangi qonunga asosan Nizomning nomi "Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida"gi Nizom deb o‘zgartirildi. Prezidentning 2019 yil 6 yanvarda qabul qilingan "Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi sifatida Sudyalar oliy maktabi tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida:

Sudyalar oliy maktabi — sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Sudyalar oliy maktabiga davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berildi. Ushbu oliy maktab sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Ikkinchidan, Nizomning birinchi moddasida belgilangan "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi" degan so‘zlar "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi" degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Uchinchidan, sud xodimlariga beriladigan mansab darajalari qayta ko‘rib chiqildi.

Shu paytga qadar, xususan, 1-darajali adliya maslahatchisi mansab darajasi — faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Departament direktoriga berilgan.

Endilikda ushbu mansab darajasi — Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining o‘rinbosariga ham beriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, 2-darajali adliya maslahatchisi mansab darajasi — bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlariga va bo‘lim boshliqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi bo‘limi mudiriga, Oliy maktabning bo‘lim boshliqlariga, kafedra o‘qituvchilariga, Departamentning bo‘lim va hududiy bo‘limlari boshliqlariga beriladi.

O‘z navbatida, 3-darajali adliya maslahatchisi mansab darajasi — endilikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga beriladigan bo‘ldi.

Avvalgi tahriri

Kiritilgan o‘zgartish

1-darajali yurist

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining bo‘lim boshliqlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining bosh mutaxassislariga (bosh konsultantlariga), sudya katta yordamchilariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari sudyasining katta yordamchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining yordamchilariga, Markazning kadrlar bo‘yicha katta inspektoriga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining bo‘lim boshliqlariga,

bosh mutaxassislariga,

sudya katta yordamchilariga,

Oliy maktabning devonxona mudiriga,

arxiv mudiriga;

2-darajali yurist

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining katta mutaxassislariga (katta konsultantlariga), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy va ma'muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining devonxona mudirlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining malaka hay'atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta mutaxassislariga,

devonxona mudirlariga,

sudyalar malaka hay'atlari kotiblariga,

Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga;

3-darajali yurist

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga, tuman (shahar) ma'muriy sudlarining sudya yordamchilariga, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga beriladi.

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga,

devonxona mudirlariga;

Qonunda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Kengash raisi yuqorida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo‘lgan mansab darajasini berishga haqliligi belgilab qo‘yildi.

Attestatsiya komissiyasi — rais, rais o‘rinbosari, besh nafar komissiya a'zolari hamda mas'ul kotibdan iborat tarkibda Oliy sud raisining taklifiga asosan Oliy sud Rayosati qarori bilan tasdiqlanadi.

Oliy sud Rayosatining 2017 yil 30 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorida ushbu mansab darajalarini olish bo‘yicha tartib-taomillar ko‘zda tutilgan.

Xususan, qarorning 1-ilovasiga asosan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi to‘g‘risida Nizom" tasdiqlangan. Nizom asosida mansab darajalari Sud va Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalarini berish bo‘yicha attestatsiya komissiya-sining xulosasiga asosan Oliy sud raisi tomonidan beriladi.

Har bir mansab darajasida bo‘lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda, 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun ikki yarim yilni, 3 va 2-darajali adliya maslahatchilari uchun to‘rt yilni tashkil qiladi.

Xodimga muddatidan oldin yuqoriroq mansab darajasi unga avval berilgan mansab darajasida bo‘lish muddati tugamagan taqdirda ham berilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top