Ukrainaga keng kölamli hujum paytida, uruşdan qaytgan yoki jangni davom ettirgan kamida 2605 rossiyalik Rossiya Federatsiyasida jinoiy ayblovlar ostida sudlanuvçiga aylandi. Bu haqda 11 aprel, payşanba kuni çop etilgan «Novaya gazeta. Yevropa» naşri materialida aytiladi.
Jurnalistlarning ma’lum qilişiça, 1130 kişi «fuqarolik» jinoyatlarida - yöl harakati qoidalarini buzişdan tortib qotillikkaça, qolganlari - harbiy xizmatga qarşi jinoyatlar, jumladan, bölinmani ruxsatsiz tark etişda ayblangan. Işlarning yarmidan köpi - 57 foizida - sudlar uruşda iştirok etişni yengillaştiruvçi holat deb tan oldi, «fuqarolik» işlarida bu nisbat yuqoriroq böldi, deyiladi materialda.
«Novaya gazeta» misol tariqasida «Vagner» XHK sobiq yollanma askarining sobiq xotinini kaltaklaganini keltirgan, ayol ikki hafta kasalxonada yotib, maydalangan yuz suyaklarini titan plastinka bilan almaştiriş uçun operatsiya ötkazişga majbur bölgan. Jabrlanuvçi jinoiy iş qözğatişga muvaffaq bölganiga qaramay, sud uning sobiq eri «Baxmutni egallagani uçun» va «Baxmut göşt maydalagiçi» medallarini sud majlisiga olib kelganidan söng, unga atigi 5000 rubl miqdorida jarima soldi.
Deyarli barça turdagi jinoyatlar uçun jazo muddati yengillaştirildi
Uruş qatnaşçilari tomonidan sodir etilgan eng keng tarqalgan jinoyatlardan ba’zilari - mast holda avtomobil boşqariş va giyohvand moddalar savdosi, deya qayd etadi «Novaya». Şu bilan birga, harbiylarning 80 foizi mast holda maşina haydagani uçun jarimaga tortildi, qolganlar esa bunday hollarda axloq tuzatiş işlariga hukm qilindi. Harbiy xizmatçilar, şuningdek, oddiy fuqarolarga qaraganda ikki baravar köp giyohvand moddalar savdosi uçun jarimaga tortilgan, deb yozadi gazeta. «Uşbu yozilmagan qoida deyarli barça harbiy jinoyatlarga taalluqlidir - mayda poraxörlikdan tortib öq-dori savdosigaça», deya qöşimça qiladi jurnalistlar.
«Novaya» ma’lumotlariga köra, 2023 yilda uruş qatnaşçilariga nisbatan hukmlar soni yetti barobar, hayot va soğlikka qarşi zöravonlik jinoyatlari soni esa 13 baravarga oşgan. Uruşning kamida 192 iştirokçisi zöravonlik jinoyatlarida ayblangan, deyiladi materialda.
Naşr ta’kidlaganidek, harbiy xizmatçilar tinç aholiga qaraganda köproq real jazoga hukm qilinadigan yagona jinoyat bu - portlovçi moddalar savdosi hisoblanadi. Uşbu jinoyat uçun uruş qatnaşçilari boşqa rossiyaliklarga qaraganda tört baravar köp haqiqiy jazo oladi.













