22:22 / 24.10.2019
0
14522

Ukraina Qrimni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda 

Ukraina Qrim yarimorolini mamlakat tarkibiga qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor.

Katerina Zelenko

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Katerina Zelenko ma'lum qilgan. 

Zelenkoning ta'kidlashicha, Rossiya 2014 yilda Ukrainaga qarshi xalqaro jinoyat sodir etgan. U Ukraina Qrimni qaytarishda yordam beradigan har qanday shakldagi muzokaralar va normand sammitiga tayyorligini qo‘shimcha qilgan. 

“Muzokaralardan asosiy maqsad Ukrainaning Qrim respublikasi va Sevastopol ustidan suverenitetini tiklash”, deb ta'kidlab o‘tgan tashqi ishlar vazirligi vakili. 

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan.

Ukraina bu referendumning natijalarini tan olmasligini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top