10:01 / 06.11.2019
0
14237

Ko‘p qavatli uylarda issiq suv harorati qanday bo‘lishi lozim?

Foto: GO29.ru

Ko‘p qavatli uylarda issiq suv ta'minotining markaziy tizimlari orqali olinadigan issiq suv harorati 50-75 daraja Tselsiyga muvofiq bo‘lishi lozim.

Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, iste'mol xossalari va issiqlik ta'minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi belgilangan me'yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak, ya'ni:

isitish bo‘yicha — belgilangan tartibga ko‘ra xonalarni isitish bo‘yicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolyatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995 yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20 daraja Tselsiy, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18 daraja Tselsiy bo‘lishi lozim;

issiq suv ta'minoti bo‘yicha — issiq suv ta'minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75 daraja Tselsiy bo‘lishi kerak.

Bunda:

suvning epidemiya xavfsizligi;

suvning qulay organoleptik xossalari;

suvning inson organizmiga zararli ta'sirining oldini olish bo‘yicha issiq suv ta'minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta'minlanishi kerak.

Ko‘p qavatli uylarda issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida 3 minutdan ortiq bo‘lmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.

Belgilangan issiq suv harorati past bo‘lganda, issiq suv ta'minoti xizmati uchun to‘lanadigan pul miqdori ham har bir orqaga qaytgan 3 daraja Tselsiy uchun 0,1 foizga kamaytiriladi.

Suv olish nuqtasida harorat 40 daraja Tselsiydan past bo‘lganda issiq suv uchun to‘lov sovuq suv tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top