Toshkent shahrining 4 tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi
18 noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent
18 noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘lmaydi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.
Issiqlik energiyasini asosiy yetkazib beruvchi korxona («Toshkent issiqlik markazi») 4-IM qozonxonasi elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. O‘chirish «Hususiy elektr tarmoqlari» AJ filialida amalga oshiriladigan rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ish 18 noyabr kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Issiq suv va isitish tizimining o‘chirilishi quyidagi hududlarga ta’sir qiladi:
Yunusobod tumani: 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19 mavzelari, A.Temur, Mustaqillik xiyobonlari, Axmad Donish, Sharof Rashidov, Yangishahar, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qaxramon, Moyqo‘rg‘on, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, 1-berk Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Niyozbek yo‘li, Hakimzoda Murtazayev , Matbuotchilar, Mingo‘rik, Iftixor, T.Zohidov, Bodomzor ko‘chalari, S-1, S-2, S-4, S-5, S-6.
Olmazor tumani: Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, S-22, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, S-17/18 dahalari, Sh. Olmazor, O.Bobojonova, Qorasaroy, F.Baland, Abdurahmonova, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyeva, O‘razboyeva, Yunusova, Muxbir, Keles yo‘li, No‘roztepa ko‘chalari.
Shayxontoxur tumani: Zulfiyaxonim, Yusupova, Labzak ko‘chalari.
Mirzo-Ulug‘bek tumani: H.Olimjon, Mustaqillik ko‘chalari, S-1 (qisman).
Issiq suv va issiqlik ta’minotining qozonxona to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng (18−19 noyabrga o‘tar kechasi) qayta tiklanadi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

17:23 / 01.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi

16:42 / 25.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

09:11 / 24.03.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

12:30 / 13.03.2025