22:34 / 04.03.2020
1
13223

Tojikistonda koronavirus epidemiyasi ortida masjidlarga tashrif cheklandi

Tojikistonda koronavirus epidemiyasi ortida masjidlar jamoat namozlarini o‘qish uchun yopildi. Bu haqda Tojikistonning din, xalq an'analari, tantanalar va urf-odatlarni tartiblashtirish ishlari bo‘yicha qo‘mitasi matbuot kotibi Afshin Muqim ma'lum qildi.

Muqim feysbukda ushbu vaziyatni quyidagicha izohlagan: “Masjidlarga jamoat namozlarini o‘qish uchun tashrif buyurishning vaqtincha to‘xtatilishi bo‘yicha tavsiyalar masjidlar imom-xatiblarining tashabbusi hisoblanadi. U yuzaga kelgan vaziyat va Tojikiston Islom markazi tavsiyalariga asoslangan. Bunday tashabbuslar boshqa bir qator davlatlarda ham qabul qilindi. Hattoki Saudiya Arabistoni boshqa davlatlar fuqarolari uchun umrani amalga oshirishga vaqtincha taqiqlov kiritdi. Biroq, umuman olganda, mamlakatda mutasaddi idoralar tomonidan karantin e'lon qilinmagan”, db ta'kidlab o‘tgan Muqim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top