18 aprel kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon farmoni bilan Tojikiston va Özbekiston örtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun özbekistonlik san’atkorlar taqdirlandi. 

Jumladan, Özbekiston milliy musiqa san’ati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Munojatxon Yölçiyeva, Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Özbekiston davlat filarmoniyasi «Lazgi» aşula va raqs ansambli badiiy rahbari Oğabek Sobirov va xonanda Yulduz Usmonovaga «Tojikiston xalq hofizi» faxriy unvoni berildi. 

Şuningdek, Özbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga «Tojikiston xalq artisti» faxriy unvoni topşirildi. 

Duşanbe şahridagi Millat saroyida özbekistonlik san’atkorlarga mukofotlarni topşiriş marosimi bölib ötdi. 

Öz navbatida, Özbekiston prezidenti farmoni bilan Tojikistonning madaniyat va san’at xodimlari ham taqdirlandi. 

Jumladan, Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Döstizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dotsenti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qömitasining «Şoşmaqom» ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon Ğafurov tumani şoşmaqom ansambli rahbari Tölqin Tojiboyev, Tojikiston davlat filarmoniyasi «Falak» ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoşimov «Özbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor böldi.