18:41 / 09.03.2020
23328

«Toshkent hududiy elektr tarmoqlari» AJga ayol kishi rahbar etib tayinlandi

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan, “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori lavozimiga jamiyatning boshqarma boshlig‘i Batirova Nilufar Nyutonovna tayinlandi.

Nilufar Batirova 1977 yili Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan. 2004 yili Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash institutini, 2008 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis, biznes boshqaruv.

2015 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan.

Nilufar Batirova 25 yildan buyon uzluksiz ravishda energetika tizimida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2011 yili O‘zbekiston Mustaqilligiga 20 yil; 2016 yili O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Top