12 iyun kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda boş vazir Abdulla Aripov iştirokida elektr energetika tizimini isloh qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazilib, qator tayinlovlar amalga oşirildi.
Agzam Izbosarov «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalaniş böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qurolli kuçlar Boş ştabi Aloqa boşqarmasi boşliği lavozimida iş olib borgan.
Toşkent şahrining Mirobod tumani hokimi Şuhrat Pölatov esa «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toşkent şahar filiali boş direktori lavozimiga tayinlandi.

U muqaddam Toşkent mexanika zavodiga rahbarlik qilgan, 2017 yil aprelida Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.








