10:13 / 11.03.2020
0
6954

«Humo» pley-off o‘yinlarini Toshkentda o‘tkaza olmaydi

Foto: hchumo.uz

Koronavirus xavfi tufayli 2020 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining respublika xududida barcha turdagi xalqaro musobaqalarni bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i e'lon qilindi.

Natijada Petrov Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan «Humo» va Moskvaning «Zvezda» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkentda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bahs katta ehtimol bilan Rossiyadagi neytral maydonda o‘tadi. Bu haqda klubning «instagram»dagi rasmiy sahifasi ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, chorakfinal o‘yinlari 11-12 mart va 15-16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top