
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi.
Ma'lum bölişiça, hokim davolaniş uçun Toşkent şahriga borgan. Zaripovda kasallik yengil ötayotgani aytildi. Manbaga köra, hokim Buxoroda fuqarolar bilan uçraşuv vaqtida niqobsiz bölgan va öşa uçraşuvlarda virus yuqtirgan.
Hokimlik ma'lumotlariga köra, Botir Zaripov 27 iyun kuni Buxoro şahridagi «Xöja Muşkin» hamda «Zarafşon» mahalla fuqarolar yiğinining obodonlaştirişdan keyingi oçiliş marosimlarida qatnaşgan. Lavhalarda hokim niqobsiz bölgani, fuqarolarning qölini siqib, masofa saqlamaganini köriş mumkin.



Bu borada qöşimça ma'lumot oliş uçun Buxoro viloyat hokimi matbuot kotibi Olim Jörayev bilan boğlanişning imkoni bölmadi. Kotib öz kanalida ham bu haqda ma'lumot bermagan. Şuningdek, Buxoro hokimligi sahifalarida ham Zaripovning holati haqida ma'lumot yöq.
Ma'lumot uçun, Botir Zaripov 22 yanvarda Buxoro viloyati hokimligiga tasdiqlangan edi.
















