21:47 / 21.07.2020
6746

Tramp kuniga bir necha marta koronavirusga test topshirayotgani ma'lum qilindi

Oq uy matbuot kotibi Donald Trampning bir kunda necha marta test topshirayotganiga aniqlik kiritmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp kuniga bir necha marta koronavirusga test topshirmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makineni ma'lum qildi.

"Prezident – Amerikada eng ko‘p test topshirayotgan inson. U hammadan ko‘p, kuniga bir necha marta test topshiradi", - dedi u.

Undan Tramp kuniga aynan necha marta test topshirishiga aniqlik kiritishini so‘rashdi.

"U ko‘p test topshiradi, kuniga necha marta topshirishini aytmayman, ammo kuniga bir martadan ko‘p", - dedi Makineni.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 4 millionga yaqinlashgan, 144,2 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top