Hindistonda to‘rt kunda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat aniqlandi
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat'iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda.

Foto: Reuters
Hindistonda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda: mamlakatda to‘rt kun ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat qayd etildi, deb yozadi Times of India.
Bu mamlakatda koronavirus tarqalishi bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Avvalroq bir million holat olti kunda qayd etilgandi.
Oxirgi sutkada mamlakatda 295 mingdan ortiq yangi holat aniqlangan. Chorshanba kuni ikki mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.
Ammo Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat'iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda.
"Men shtatlarni lokdaunga oxirgi chora sifatida qarashga chaqiraman. Ular imkon boricha lokdaun joriy etishdan qochishga urinishlari kerak", - dedi Modi.
Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 15 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 180 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 07:35
-
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi
O‘zbekiston | 07:33
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
Mavzuga oid

02:00
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

11:19 / 25.04.2025
Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

22:02 / 24.04.2025