23:45 / 27.07.2020
14442

O‘zbekistonda noan'anaviy ekinlar tasnifi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda o‘suvchi noan'anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarining tasnifi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha katalogi tayyorlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, to‘plamda respublikaning turli hudud va mintaqalarida yetishtiriladigan noa'anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarining tasnifi va iqtisodiy samaradorligi (katalog) borasida ma'lumotlar keltirilgan.

Katalogda 40 turga yaqin noan'anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari botanikasi, tarqalish geografiyasi, o‘sish va rivojlanish biologiyasi, parvarishlash va mahsulot yetishtirish agrotexnologiyasi, agrotexnologik jarayonlarni tashkil etish xususiyatlari, o‘tqazishning optimal muddatlari, mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq xarajat turlari hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Katallogga, jumladan:

  • sabzavot ekinlaridan – artishok, bamiya, batat, bryussel karami, dorivor melissa;
  • donli ekinlardan – arpa, afrika qo‘nog‘i, jo‘xori, marjumak, suli;
  • dukkakli don ekinlardan – vika, ko‘k no‘xot, madaniy yasmiq, ekma burchoq;
  • ozuqa ekinlardan – amarant, bargak (esparset), bersim-misr sebargasi, perko, polba;
  • moyli ekinlardan – zig‘ir, kunjut, maxsar, raps, rijik;
  • dorivor o‘simliklardan – bozulban, valeriana, gorchitsa o‘simligi, za'faron, kovrak, topinambur, shirinmiya tritikale singari o‘simliklar kiritilgan.

Qo‘llanmadan noa'anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish jarayonlarini ilm-fan va innovatsion yondashuv asosida tashkil etish uchun foydalanishlari mumkin.

Artishok
Foto: agro.uz
Bryussel karami
Foto: agro.uz
Bamiya
Foto: agro.uz
Valeriana
Foto: agro.uz
Raps
Foto: agro.uz
Ko‘k no‘xat
Foto: agro.uz

Vazirlik axborotida qayd etilishcha, 2016–2019 yillar davomida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmida o‘sish kuzatilgan. Bu borada meva-sabzavotchilik, chorvachilik mahsulotlari, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda sezilarli natijalarni ko‘rish mumkin.

«Ammo, shu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borishi, respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilmoqda», – deya izoh berilgan katalogga nisbatan.

Top