Prezidentning “Özbekiston prezidentining qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş, işlab çiqariş va eksport qiliş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar bilan muloqoti doirasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2024 yilda qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiluvçi tadbirkorlik sub’yektlariga yuqori rentabelli va eksportga möljallangan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş, saralaş, quritiş, qayta işlaş va eksport qiliş böyiça faoliyatni amalga oşiriş uçun umumiy miqdori 1.5 trillion sömgaça kredit resurslari ajratiladi.
2024 yil 1 apreldan boşlab:
a) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça bitta eksport şartnomasi böyiça olinmagan valuta summasi eksport uçun jönatilgan barça mahsulot tannarxining 10 foizidan oşmasa, u muddati ötgan debitorlik qarzi hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarimalar qöllanilmaydi;
b) 2026 yil 1 yanvarga qadar mahallalarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yiğiş va ularni faqat mahalliy eksport qiluvçi korxonalarga sotiş bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötişga ruxsat etiladi.
Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi tuzildi. Uning vazifasi eksportbop mahsulotlar yetiştiriş va xarid qilişdan tortib, eksport şartnomalarini tuziş va uşbu mahsulotlarni xorijiy iste’molçilarga yetkazib berişgaça bölgan barça bosqiçlarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etişdan iborat.












