17:00 / 17.08.2020
22452
Reklama

Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Galaxy qurilmalarini taqdim etdi. Oldindan buyurtma berish 25 avgustgacha ochiq

Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda beshta mobil qurilmani taqdim etdi, ularning taqdimoti ilk bor virtual formatda o‘tkazildi. Bular:

  • Galaxy Note20 va Galaxy Note20 Ultra  smartfonlari;
  • unumli ishlash va ijod qilish uchun Tab S7 va S7+ universal planshetlari;
  • sog‘liq holatini monitoring qilish uchun kengaytirilgan funksiyalarga ega Galaxy Watch3 premial qurilmasi;
  • ajoyib tovush sifatiga ega bejirim va ergonomik Galaxy Buds Live quloqchinlari;
  • buklama ekranli Galaxy Z Fold2 keyingi avlod smartfoni.

«Biz hali hech qachon bugungiday texnologiyalarga bog‘lanib qolmagandik. Aynan ular tufayli, butun dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, aloqada qolyapmiz» – deydi Samsung kompaniyasining prezidenti va mobil kommunikatsiyalar bo‘limining rahbari Te Mun Ro.

Keling qurilmalar bilan yaqinroq tanishamiz, buni Galaxy Note20 va Note20 Ultra seriyasidan boshlaymiz. Hozir bu Note seriyasidagi ish unumdorligi yuqori bo‘lgan kuchli smartfonlar hisoblanadi, ulardan foydalanish aql bovar qilmaydigan darajada qulay. Ularda ishlash, texnik jihatdan qiyin o‘yinlarni o‘ynash kompyuterdagidan qolishmaydi.

Xohlagan paytda yuqori ish unumdorligi va keng o‘yin imkoniyatlari – bu Galaxy Note qurilmalarining shiori. Ular foydalanuvchilar yoqtiradigan barcha narsani o‘zida mujassamlashtirgan.

Ikkala smartfon ham tezkor protsessorlar bilan jihozlangan bo‘lib, bejirim dizaynda mujassamlashtirilgan. Bu yil ular mutlaqo yangi noyob bronza rangida taqdim etilmoqda. 

Galaxy Note20 Ultra ilk bor yorqin Dynamic AMOLED 2X displeyiga va o‘ta tez zaryadlanish funksiyasiga hamda zaryadi kun bo‘yi yetadigan intellektual akkumulyatorga ega bo‘ldi. Yana nima haqida orzu qilish mumkin?

Unumli ishlash va ijod qilish uchun Tab S7 va S7+ universal planshetlari o‘zida kompyuterning funksionalligini, planshetning portativligini va smartfonni ulash imkoniyatini birlashtirgan. Bittada uchta!

Ikkala qurilma ham eng yangi unumli protsessor va katta displeylar bilan jihozlangan, bu foydalanish paytida favqulodda qulaylikni ta'minlaydi.

Galaxy Tab S7 va Tab S7+ planshetlari ixcham klaviatura (alohida sotiladi) va Samsung Notes smartfonlarida oson ishlash uchun yangilangan elektron S Pen perosi bilan birga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, planshetlardan Samsung kompyuterining asosiy ekraniga qo‘shimcha displey sifatida foydalanish mumkin.

Taqib yuriladigan yangi avlod Galaxy Watch3 qurilmasi – bu kundalik vazifalarni hal etish uchun qulay yordamchi, fitnes-maqsadlar va sog‘liq bo‘yicha muhim parametrlarning ishonchli trekeri. Qurilma klassik soatlarning bashangligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, kun bo‘yi taqib yurganda ham qulaylik bag‘ishlaydi.

Galaxy Watch3 siz o‘ylagandan ham ko‘proq ishlarga qodir! Qondagi kislorod darajasini o‘lchaydi, arterial qon bosimini o‘lchashning manjyetsiz metodi va elektrokardiogramma ko‘rsatkichlarini olish imkoniyati bilan jihozlangan. Tunu-kun yiqilishlar haqida xabar beruvchi o‘rnatma funksiya xavfsizligingizni nazorat qiladi, ehtimoliy jarohat aniqlanganida esa qurilma darhol oldindan ko‘rsatilgan to‘rtta kontaktga xabar yuborishni taklif etadi.

Bundan tashqari, yugurish mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan Running Analysis ilovasida VO2 max funksiyasi paydo bo‘ldi, uning yordamida o‘zlashtiriladigan kislorod hajmini o‘lchagan holda samarali kardiomashqlarni o‘tkazish mumkin. Hatto uyda ham qomatni saqlashni xohlovchilar uchun Samsung Health ilovasida 120 dan ortiq dastur mavjud bo‘lib, ularning rivojlanishini taqiladigan aqlli qurilmalar yordamida kuzatib borish mumkin. Hali hech qachon qomatni saqlash bunchalik oson bo‘lmagandi!

Galaxy Buds Live simsiz naushniklari ergonomik shaklga ega bo‘lib, u quloq chanog‘ining anatomik shaklini aniq takrorlaydi va bu bilan quloqda ishonchli fiksatsiyani va uzoq vaqt ishlaganda maksimal qulaylikni kafolatlaydi.

Qurilma 12 millimetrli dinamik hamda chuqur va to‘la tovush chiqarish uchun basli kanal bilan, shuningdek hatto shovqinli joylarda suhbatlashganda yoki audioyozuvni amalga oshirganda tovushning aql bovar qilmas darajada aniq uzatilishini ta'minlaydigan uchta mikrofon va vibratsion datchikdan iborat adaptiv tizim bilan jihozlangan.

Ochiq tipdagi naushniklar uchun shovqinni faol bostirish noyob texnologiyasi musiqa tinglaganda yoki, aksincha, atrof-muhit tovushlarini uzatishni sozlaganda tashqi shovqindan to‘liq ajralish imkonini beradi.

Taqdim etilgan yangi mahsulotlarning barchasi O‘zbekistonda yaqin haftalar ichida sotuvga chiqadi, rasmiy saytdagi yangilanishlarni diqqat bilan kuzatib boring! Galaxy Note20 smartfonlarining ilk sohiblariga aylanishni xohlovchilar uchun esa 25 avgustgacha oldindan buyurtma berish xizmati ochilgan. Samsung kompaniyasi oldindan buyurtma orqali xarid qiluvchilar uchun sovg‘a – Galaxy Buds Live simsiz naushniklarini tayyorlab qo‘ygan. Bundan tashqari, oldindan buyurtma qilgan har bir kishi beshta yangi avlod Galaxy Watch3 aqlli soatlaridan birini yutib olishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top