Bugun Janubiy Koreya yalpi içki mahsulot hajmi böyiça dunyoda yetakçi örinlardan birini egallaydi. 2023 yil yakunlariga köra mamlakat YaIM hajmi qariyb 2 trln dollarni taşkil etgan va aholi jon boşiga hisoblaganda 35 ming dollardan töğri kelgan.

Sönggi ön yilliklarda Janubiy Koreya kompaniyalari turli sohalarda dunyoning yirik kompaniyalari bilan raqobatlaşmoqda. Ular orasida özida önlab sohalarni birlaştirgan Samsung Group korporatsiyasi ham bor.

Samsung tarixi

«Samsung» sözi özbekçada «uç yulduz» ma’nosini anglatadi. Kompaniyaga 1938 yilda Li Byon Çxol asos solgan. U öz faoliyatini 1930-yillarda 2 ming dollar sarmoya bilan guruç kukuni (guruç uni) tayyorlaydigan korxona oçişdan boşlagandi.

Keyinçalik kompaniya boşqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, guruç, şakar, quritilgan baliq kabilarni tayyorlay boşlaydi.

1938 yilda Çxol öz mahsulotlarini Xitoy va Manjuriyaga (Xitoy şimolidagi bu ölka öşa paytda alohida hudud bölib, uni yaponlar nazorat qilardi) eksport qila boşlaydi.

Ana şu paytda Çxolga öz mahsulotlarini yanada ommalaştiriş uçun savdo belgisi kerakligini tuşunadi va öz kompaniyasiga Samsung Trading Company deb nom beradi.

Samsung kompaniyasining ilk korxonasi şu binoda joylaşgan edi. \ Foto: samsung.com

Ikkinçi jahon uruşi paytida ham kompaniya oziq-ovqat mahsulotlarini sotişda davom etadi. Uruşdan söng 1948 yilda Çxolning yaqin dösti Janubiy Koreya rahbari böladi va şu paytda uning biznesi yanada rivojlanadi.

1950-yillar boşida Koreya yarimorolida boşlangan fuqarolar uruşi davrida bir muddat Çxolning savdosi susayib qoladi. Kommunistik tuzum tarafdorlari bölgan şimolliklar janubga bostirib kelişadi va Çxolning korxonasini, uyini, omborlarini yoqib yuborişadi.

Keyinçalik Çxol öz işini qayta yölga qöyganda “uyi yonib ketganda yaşirib qöyilgan bir çemodan puli omon qolgan ekan” degan miş-mişlar tarqaydi.

Fuqarolar uruşi tugab, şimol va janub örtasida çegara tortilgaç Çxol yana öz faoliyatini boşlaydi va kengaytirişda davom etadi. U oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaş bilan birga tekstil fabrikasi ham quradi. Köp ötmay suğurta bozoriga kirib boradi.