15:30 / 03.11.2020
5659

«Bunyodkor» futbol klubi 2021 yilgi mavsum uchun marketing bo‘yicha hamkorlarni muzokaralarga chorlaydi

«Bunyodkor» futbol klubi va uning brendi – ishbilarmon, tadbirkor, biznesmenlar hamda turli soha kompaniyalari uchun reklamaning ayni makonidir.

Hozirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Bunyodkor» futbol klubining yagona ta'sischisi etib belgilanishi klubning marketing sohasidagi faoliyatida yana ham keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratmoqda.

Biz o‘z biznesini «Bunyodkor» bilan birgalikda yuksaltirishni istagan barchani hamkorlikka chorlaymiz.

Sizda o‘z kompaniyangiz imijini futbolchilarimiz sport liboslari va o‘yin kiyimlarida, stadion tablosidagi videorolik, maydon atrofidagi reklama shitlari, matbuot anjumanlari zalidagi va mikst-zonadagi bannerlar, kirish chiptalari, uchrashuvlar oldidan chiqariladigan anons posterlar, klubimiz veb-sayti, Instagram, Telegram va Facebook kanallari orqali reklama qilish imkoni mavjud.

Umid qilamizki, o‘zaro hamkorligimiz, albatta, ikki taraflama foydali bo‘ladi. «Bunyodkor» Sizning biznesingizning haqiqiy bunyodkori bo‘la oladi!

Murojaat uchun telefon:

+998 90 317 00 77

Reklama huquqi asosida

Top