Şu yilning 7 fevral kuni FIFA «Bunyodkor» sobiq futbolçilari Rivaldo va Denilson şikoyatlari böyiça qayta iş oçgan bölib, oradan 15 kun ötib klub futbolçilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarişi lozimligi töğrisida qaror çiqargandi.

OFK litsenziyalaşi talabidan kelib çiqib, professional futbol klubi yilning 31 mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan boğliq masalalarni hal etişi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30 mart kuni kelişuvga erişdi. Natijada «Bunyodkor» litsenziyalaş platformasiga lozim hujjatlarni yuklaşga ulgurdi. 

«FIFA qaroriga köra, «Bunyodkor» Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni şu yilning 7 aprel sanasiga qadar bartaraf etişi kerak edi. Yangi kelişuvga köra tölanişi lozim bölgan summalar sezilarli körinişda kamaytirildi. Qöşimçasiga, kelişilgan summa Denilsonga 2026 yilgaça uç qismga bölib tölanadigan böldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oşiriladigan böldi», - deyiladi klub va Özbekiston professional futbol ligasi rasmiy xabarida. 

Tribuna.uz manbasiga köra, Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorliklar «Bunyodkor» klubining homiysi – «Özbekneftgaz» tomonidan tölab beriladi. 

Eslatib ötamiz, Tribuna.uz manbasi FIFA «Bunyodkor»dan Rivaldo foydasiga 8,1 million yevro, Denilsonga 1,1 million AQŞ dollari undirmoqçiligi haqida xabar bergandi. Muzokaralar natijasida braziliyalik öyinçilar uşbu mablağ kamaytirilişiga rozi bölgan.

Avvalroq, «Bunyodkor» direktori Murod Aliyev uşbu qarzdorlik böyiça FIFA qaror çiqargani haqidagi xabarni tasdiqlab, kelişuv «Bunyodkor» emas, «Zeromax» bilan tuzilgani, şunga qaramay klub uşbu qarzdorlik miqdorini kamaytiriş ustida iş olib borilayotgani haqida xabar bergandi.

Eslatib ötamiz, Rivaldo 2008-2010 yillar davomida «Bunyodkor» klubi şarafini himoya qilib, uç karra Özbekiston çempioni bölgan edi. Denilson esa 2010 yil Toşkent klubi safida çempionlikka erişgan, Oliy Ligada 14 öyinda 4ta gol, OÇLda esa 6 öyinda 5ta golga mualliflik qilgandi.