14:44 / 07.01.2021
14653

Xitoyda koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘paydi

Shitszyachjuan, Sintay va Nangun shaharlari infeksiya o‘chog‘i deb hisoblanmoqda. Bu shaharlarda aholidan koronavirusga test olinmoqda.

Foto: Xinhua

Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning oxirgi oylar davomidagi eng yuqori o‘sishi qayd etildi.

Xususan, Xebey provinsiyasida bir necha kun ichida ushbu infeksiyani yuqtirgan 200dan ortiq kishi aniqlandi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 234 nafar bemorning 144 nafarida kasallik simptomsiz kechgan. Hozirda Xitoy hukumati bemorlar soni o‘sishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xabar qilinishicha, Xebey poytaxti Shitszyachjuan shahri bilan avtobus, temir yo‘l va aviaqatnov noma'lum muddatga to‘xtatilgan. 

Aholisi 11 million kishini tashkil etuvchi shaharda koronavirusga tezkor test olinmoqda. Shaharning ayrim hududlariga kirish yopilgan, bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. 

 Shitszyachjuandan tashqari, Sintay va Nangun shaharlari ham infeksiya o‘chog‘i deb hisoblanmoqda. Bu shaharlarda ham aholidan koronavirusga test olinmoqda.

Kasallikning yangi to‘lqini tarqalishining oldini olish maqsadida poytaxt Pekinda ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top