50ta loyihaning 24tasini, ya'ni qariyb 48 foizini xalq ta'limi sohasiga doir loyihalar tashkil etadi.
Xalq ta'limi sohasida umumiy qiymati 92 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik shartnomalari imzolangan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugunga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalari reyestriga kiritilgan 50ta loyihaning 24tasini, ya'ni qariyb 48 foizini xalq ta'limi sohasiga doir loyihalar tashkil etadi.
Xalq ta'limi vazirligining bu borada amalga oshirgan ishlari Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan e'tirof etildi va «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun» sertifikati bilan taqdirlandi, deyiladi vazirlik xabarida.