«O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ markaziy apparat binosi joylashgan hududga kirib keluvchi internet aloqa tarmoqlari yo‘lida qurilish ishlari olib borilishi sababli, 2021 yilning 6-7 mart kunlari optik kabellar yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, 2021 yil 6-7 mart kunlari:
- "O‘zRTXB" AJning elektron savdo tizimlari, jumladan xarid.uz, etender.uzex.uz, yarmarka.uzex.uz, mobilraqam.uzex.uz, avtoraqam.uzex.uz va birjaning rasmiy veb-sayti uzex.uz vaqtinchalik ish faoliyatida bo‘lmaydi.
- Davlat xaridlarining elektron do‘kon va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida 6-7 mart kunlari yakunlanadigan lotlar bo‘yicha savdoning oxirgi kunlari mos ravishda 9 va 10 mart kunlariga ko‘chiriladi.
- Bundan tashqari, rasmiylashtirishning so‘nggi kunlari 6-7 martga to‘g‘ri kelgan avtoraqamlar va mobil raqamlarni mos ravishda 9-10 mart kunlari rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi