2024 yil 1 iyundan çiqindilardagi ikkilamçi xomaşyoni faqat birja orqali sotiş yölga qöyiladi. Bu vazifa Özbekiston prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi «Çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi 5-sonli farmoniga muvofiq belgilangan.
Ma’lumot uçun, şu yilning 19 fevralida davlat rahbari huzurida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, şu jumladan, çiqindilar bilan işlaş sohasini isloh qilişga bağişlangan taqdimot bölib ötdi. Taqdimot natijalari böyiça prezident tomonidan Andijon viloyatida bir oy muddatda çiqindilar bilan işlaş masalasida pilot loyihasini amalga oşiriş böyiça topşiriq berilgan va ştab viloyatda öz işini boşlagan.
Uşbu topşiriq ijrosi birinçi bölib Andijon viloyatida amalga oşirildi. Ikkita korxona tomonidan 4 tonna miqdorida ikkilamçi çiqindi birja sotuvlariga qöyildi. Ahamiyatli tomoni, bu jarayon Özbekistonda birinçi marta amalga oşirilmoqda. Bunday tajriba rivojlangan davlatlar, jumladan, Yaponiya, Koreya mamlakatlari va Yevropa Ittifoqida qöllab kelinadi.
«Qayd etiş lozimki, endi ekologik va sanitar talablarga javob bermagan holda ikkilamçi çiqindilarni yiğiş va sotiş bilan noqonuniy tarzda şuğullanib kelayotgan şaxslar faoliyatiga çek qöyiladi.
Mazkur tizim kelgusida tadbirkorlar, ayniqsa, qayta işlaş bilan şuğullanuvçi korxonalarga qulayliklar yaratadi. Bundan taşqari, çiqindiga, mulkka bölgan munosabatni şakllantirişga va aholi tomonidan ularni saralaşga xizmat qiladi», deyiladi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgariş vazirligi xabarida.












