18:02 / 09.03.2021
6247

O‘zbekistondan Gruziyaga muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda

Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanadi. Parvozlar 30 martdan haftasiga 2 marta amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganini ma'lum qildi. 

Parvozlar 30 martdan boshlab haftasiga 2 marta - seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Seshanba:

  • Toshkent-Tbilisi (uchish 16:10da, qo‘nish 18:30da)
  • Tbilisi-Toshkent (uchish 19:30da, qo‘nish 23:30da)

Juma:

  • Toshkent-Tbilisi (uchish 20:40da, qo‘nish 23:00da)

Shanba:

  • Tbilisi-Toshkent (uchish 00:30da, qo‘nish 04:30da)

Bundan oldinroq, Gruziya O‘zbekiston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochishi, bu masalada 5 mart kuni idoralararo muvofiqlashtirish kengashi tomonidan qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar parvozdan avvalgi 72 soat ichida topshirilgan PZR-test tahlilining manfiy natijasi asosida Gruziyaga uchib borishlari mumkin. Tashrif buyuruvchilar mamlakatga kelganining uchinchi kuni o‘z mablag‘lari hisobidan qayta test tahlili topshirishlari shart hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top