Gurjiston poytaxti Tbilisida 16 aprel, seşanba kuni Rossiyaning «çet el agentlari» töğrisidagi qonuniga öxşaş bölgan «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonunga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari davom etdi. DW muxbiri xabar berişiça, şu kuni Rustaveli şohköçasida 15 mingga yaqin odam töplangan. Ba’zilar özlari bilan Yevropa Ittifoqi bayroqlarini olib kelgan.

Xavfsizlik kuçlari aksiyani tarqatişga urindi, maxsus kuçlar esa namoyişçilarni parlament binosidan uzoqlaştirdi. Gurjiston Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 16 aprel oqşomiga qadar namoyişda 11 kişi qölga olingan. Yiğilganlar jamoat tartibini buzgan va politsiyaga turli buyumlar, jumladan, şişa va toşlar uloqtirgan, deya ta’kidlaydi vazirlik matbuot xizmati. 

Namoyişçilarning «noqonuniy xatti-harakatlari» natijasida bir politsiyaçi yaralanib, şifoxonaga yetkazilgan», deyiladi matbuot xabarida. Politsiya maşinasi ham şikastlangan. «Içki işlar vazirligi jismoniy qarama-qarşilikka yöl qöymaslik uçun maxsus vosita - qalampir gazi deb ataluvçi moddadan foydalangan», - deya ta’kidlaydi departament. 

Gurjistonda «Çet el agentlari» töğrisidagi qonun

Gurjistonda munozarali «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun Rossiyaning «çet el agentlari» töğrisidagi qonuniga öxşaşdir. Aprel oyi boşida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi bir yil avval Tbilisida ön minglab odamlar iştirokidagi ommaviy norozilik namoyişlaridan söng qaytarib olingan qonun loyihasining özgartirilgan variantini yana ovozga qöyiş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. 

Hujjatga köra, mablağning kamida 20 foizini xorijdan oladigan taşkilotlar tegişli organlarda röyxatdan ötişi şart. Agar qonunning dastlabki tahririda bunday taşkilotlar «çet el agentlari» deb tasniflangan bölsa, hozirgi loyihada gap «çet el davlati manfaatlarini ifodalovçi taşkilotlar» haqida ketmoqda.

DW muxbiriga köra, noroziliklarga sabab bölgan qonun böyiça ovoz beriş göyoki keç tugagan debatlar tufayli 17 aprelga qoldirildi.