08:49 / 05.04.2021
2652

Qo‘qonda qalbaki pul ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Qo‘qondagi tezkor tadbirda qalbaki pul ishlab chiqargan shaxslar ushlandi. Ular 24 850 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pullarni 10 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan bo‘lgan. 

2021 yilning 31 mart kuni Qo‘qon shahar IIO FMB JQB va DXX Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbir davomida, fuqarolar A.K., A.Sh. va F.A.lar bir guruh bo‘lib, Qo‘qon shahar Movarounnahr ko‘chasida joylashgan choyxonada maxsus xaridorga 24 850 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pullarni 10 000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 200 dona 100 AQSh dollarlik va 97 dona 50 AQSh dollarlik kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qonunchilikka binoan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Top