Içki işlar vazirligi Ekspert-kriminalistika boş markazining boş eksperti Oybek Yusupov soxta pullarni haqiqiysidan ajratişning usullari köpligini ma’lum qildi.

Oybek Yusupov, IIV Ekspert-kriminalistika boş markazining boş eksperti Foto: Kun.uz

“Birinçidan, köça-köyda, bozorlar va magazinlarda naqd pullar bilan muomala qilinganda kupyurani bukib tortganda ovozidan biliş mumkin. Haqiqiysidan jarangdorroq tovuş çiqadi. Bunda albatta kupyura suvga tuşmagan va eskirmagan bölişi kerak.

Ikkinçidan, banknotlarda kök rangli,“siljiş” effektiga ega bölgan mikrooptik himoya ipi bor.

Uçinçidan, seriya raqami. U yaqqol körinib turadi va börtib çiqqan joylari bor. Qalbakilarida undaymas”, – deydi ekspert.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda kupyuraning qalbakilarini qanday qilib tezda biliş mumkinligi körsatilgan. Qalbaki kupyuraning markaziy qismidagi maşhur Quva anorining ramzi bölgan «anor» tasviri, hamda Özbekiston nomining xalqaro abbreviaturasi yozilgan mikrooptik himoya ipi oddiy rang bilan böyalgani körinali. Agar öşa tasvirlar tirnoq bilan işqalansa, böyoq köçişi kuzatiladi.

Qalbaki pullar Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Lekin köpçilik bu jihatga e’tibor beravermaydi. Ayniqsa, muomala jarayonida boğlam holatida içida bölgan qalbaki pullarni payqaş qiyin. Bundan taşqari, haqiqiy va qalbaki kupyuralarni farqlaşning yana boşqa usullari borligini mutaxassis ta’kidladi.

“Jumladan, maxsus uskunalar kerak böladi. Eng soddasi va qulayi lupa bölişi mumkin. Çunki istalgan kişi undan bemalol foydalana oladi. Lupalarni dökonlardan topiş mumkin”, deydi ekspert Oybek Yusupov.

Ekspertlarning ta’kidlaşiça, ikki yuz ming sömlik banknotlarning old qismi öng va çap tomoni çetida joylaşgan yaşil rangdagi maxsus element köriş qobiliyati past bölgan insonlar uçun möljallangan bölib, böyoqning börtmalik xususiyati hisobiga banknot qiymatini aniqlaş imkonini beradi. Qalbaki kupyuralarda börtmalik xususiyati bölmas ekan.