Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari - Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.
Muqaddam polkovnik R.Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, u Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.