17:59 / 09.06.2021
8134

Boliviya parlamentida deputatlar mushtlashib ketishdi

Mushtlashuvga deputat Janin Anesning hibsga olinishi qonuniyligi masalasini ko‘rib chiqish sabab bo‘lgan.

Boliviyada parlament yig‘ilishi vaqtida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mushtlashuv muxolifatchi Genri Romero va MAS sotsialistik partiyasi a'zosi Antonio Kolke o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, mushtlashuvga deputat Janin Anesning hibsga olinishi qonuniyligi masalasini ko‘rib chiqish sabab bo‘lgan.

Janin Anes 2019-2020 yillarda, Evo Moralesning iste'fosidan so‘ng Boliviya prezidenti vazifasini bajargan.

Mavzuga oid
Top