17:35 / 23.07.2021
5195

Filippinda millionlab bolalarga uydan chiqish taqiqlandi

Mamlakatda "delta" shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 47ta holat qayd etilgan.

Foto: Getty Images

Filippin hukumati koronavirusning "delta" shtammi tarqalishi bois cheklov choralarini kuchaytirdi, jumladan, besh yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uydan ko‘chaga chiqishi taqiqlandi.

"Delta"  varianti juda yuqumli va xavfli", - dedi Filippin prezidenti matbuot kotibi Harri Roke.

Yangi cheklov choralari mamlakat poytaxtining janubiy hududi hamda Filippindagi to‘rtta provinsiyada joriy etildi. 

OAVning yozishicha, voyaga yetganlarning ko‘chaga chiqishiga o‘tgan yil martda qo‘yilgan taqiq atigi to‘rt hafta ilgari bekor qilingandi. 

Filippinda "delta" shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 47ta holat qayd etilgan. Filippin sog‘liqni saqlash organlari har ehtimolga qarshi shifoxonalardagi joylar, dori vositalari, kislorod ballonlari mavjudligini tekshirmoqda.

Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Filippinda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 1,53 milliondan oshgan, 26,8 mingga yaqin bemor vafot etgan.

Mavzuga oid
Top