Endilikda Asakabank bankomatlari orqali bank amaliyotlarini kontaksiz bajarishingiz mumkin! Buning uchun sizga shunchaki NFC texnologiyasiga ega karta kerak bo‘ladi xolos.
NFC texnologiyasiga ega kartalarga quyidagilar kiradi:
- MasterCard
- Kobeyj (MasterCard-UzCard)
- Kobeyj (MasterCard-Humo)
Kontaksiz to‘lov amaliyotlarining qanday afzalliklari mavjud?
Ishonchlilik:
- Kartani bankomatda unutib qoldirmaysiz chunki uni hatto qo‘lingizdan chiqarishga ham hojat qolmaydi;
- Kartaning bankomatda qisilib qolishi yoki boshqa sabablar tufayli uning qaytmaslik muammolarining oson yechimi.
Xavfsizlik:
- EMV texnologiyasi bankomatdagi barcha amaliyotlarni himoya qiladi.
Qulaylik:
- Kartani shunchaki bankomatdagi NFC qurilmasiga qo‘ying.
Bu qanday ishlaydi?
- Kontaksiz NFC texnologiyasiga ega kartani oling;
- Bankomatda NFC belgisi borligiga ishonch hosil qiling. U qurilmaning o‘zida yoki klaviatura qutisi yonida joylashgan (NFC-texnologiyasi hozirgi kunda UzCard bankomatlarida ishlamoqda);
- Kartani tekkizing va PIN kodni kiritgandan so‘ng o‘zingizga kerak bo‘lgan amaliyotni bajaring.
Sayt: asakabank.uz
Telegram: t.me/bank_asaka
Instagram: @asaka_bank
Facebook: fb.com/bankasaka
Reklama huquqi asosida