Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara AQSh va Qatar bilan Kobul xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha ish olib borayotganini ma'lum qilgandi.
Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganidan buyon Kobuldan ilk xalqaro tijorat parvozi amalga oshirildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qatar Airways aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti Kobuldan Dohaga parvoz qilgan.
Kobul aeroporti avgust o‘rtalaridan buyon tijorat parvozlari uchun yopib qo‘yilgandi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara AQSh va Qatar bilan Kobul xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha ish olib borayotganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Istanbuldan Afg‘oniston poytaxti Kobulga reyslarga chipta sotishni boshlagan.