Xitoyning Shansi provinsiyasida bir haftadan buyon tinmayotgan kuchli yomg‘irlar keng ko‘lamli suv toshqinlarini yuzaga keltirgan. Suv oqimi tufayli hududda yashovchi 1 million 760 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Hozircha tabiiy ofat hududida sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida halok bo‘lgan to‘rt nafar politsiyachi haqida ma'lum qilingan. Jami qurbonlar soni hozircha aniq emas.
Tabiiy ofat provinsiyaning 70dan ortiq tuman va shaharlaridagi uylarni vayron qilgan va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, davom etayotgan yomg‘irlar qidiruv-qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.