10:33 / 05.11.2021
4728

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston chegarachilari chegara postini shartli chegara chizig‘iga yaqinlashtirishga harakat qildi. Bu haqda 4 noyabr kuni Qirg‘iziston chegara xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, chegaraning o‘zbek-qirg‘iz qismidagi ishlar ikki davlat chegara xizmatlari tomonidan amalga oshirildi. Harbiylar davlat chegarasining shartli chizig‘i yaqinida chegara postlarini o‘rnatdi.

«Kontrabandaga qarshi kurashish maqsadida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegaraning ushbu uchastkasini qo‘riqlayotgan chegarachilar uchun konteyner o‘rnatdi. Bunga javoban O‘zbekiston tomoni chegara postini davlat chegarasining shartli chizig‘iga yaqinlashtirishga urinib, hududni tozalashga kirishdi. Davlat kadastr xizmatlari rahbarlari ishtirokida ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar O‘zbekiston chegara postini chegara chizig‘iga ko‘chirish masalasini muhokama qildi», deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati xabarida. 

Vazirlikning qayd etishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston chegara posti o‘z joyida qolishiga qaror qilgan.

«8 noyabr kuni chegara vakillarining qo‘shma chegara patrullarining harakatlanish yo‘nalishini kelishish uchun uchrashuvi rejalashtirilgan. Davlat chegarasining qirg‘iz-o‘zbek uchastkasida vaziyat barqaror», - deya xabar qildi Qirg‘iziston chegara xizmati. 

Top